Yuz.uz xabarlarni qoraqalpoq tilida ham taqdim etishni boshladi!

    Sayt hozirgi kunda besh til — oʻzbek, rus, ingliz, qozoq hamda tojik tilida oʻz faoliyatini olib boradi.

    “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyatining yuz.uz sayti Oʻzbekiston hamda jahon yangilik va xabarlarini qoraqalpoq tilida ham yoritishni boshladi.

    Bu, albatta, aholimizning qoraqalpoq tilida soʻzlashuvchi vakillarini toʻgʻri, xolis va rasmiy axborotlar, jumladan, mamlakatimizda kechayotgan izchil ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar, yangi qabul qilingan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtirishga boʻlgan yana bir qadamdir.

    Shuning bilan birga bu qoraqalpoq tilining rivojlanishi va uning media makondagi oʻrnining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

    Yangiliklarni qoraqalpoq tilida oʻqish uchun sayt sahifasining tepa qismidagi tillar orasidan qoraqalpoqcha tanlanadi va istalgan xabarni bu tilda oʻqish mumkin boʻladi.

    Ushbu boʻlimda siyosat, iqtisodiyot, fan va taʼlim, turizm hamda sport kabi bir qancha sohalardagi dolzarb xabarlar berib boriladi.

    Bundan tashqari, “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida chop etilgan davrning ruhini beruvchi, zalvorli va muhim masalalar tahliliga oid maqolalarning QR_kodini skaner qilish orqali oʻsha maqolaning qoraqalpoq tilidagi tarjimasini ham oʻqishingiz va havola orqali ekskulyuziv videolarni koʻrishingiz mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, yuz.uz sayti hozirgi kunda besh til — oʻzbek, rus, ingliz, qozoq hamda tojik tilida oʻz faoliyatini olib boradi.