Suhbat davomida aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Oʻzbekiston bilan YXHT oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʻlganligining 30 yilligi (1992-yil 26-fevral) munosabati bilan oʻzaro tabriklar almashdilar.