Hodisa Aleur – Ukurey uchastkasining 6604 kilometrida mahalliy vaqt bilan soat 1:17 da sodir bo'lgan. Jarohatlanganlar yo'q.
Hodisa tufayli ikki yo'nalishda poyezdlar harakati to'xtatilib, bir necha yo'lovchi poyezdlari harakati kechiktirildi. Ushbu poyezdlar yo'lovchilari uchun Chitadan Blagoveshenskga, shuningdek, Xabarovsk va Vladivostokka havo qatnovlari tashkil etildi. Hozirda mutaxassislar tiklash va ta'mirlash ishlarini olib bormoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi, deb xabar beradi mir24.tv.