Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 19 Yanvar 2021 2465

    Bugun 19-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

    Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Q.Quranboyev, Jizzax viloyat hokimi E.Saliyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Sessiya kun tartibidagi masala boʻyicha viloyat hokimi E.Saliyev soʻzga chiqib, Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan I.Qarshiboyev boshqa lavozimga oʻtganligi munosabati bilan, Zafarobod tuman hokimi lavozimiga Radjapov Nodirbek Muxtorovich nomzodini tavsiya etdi.

    Ushbu taklif Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

    Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati