Namoyishda Agentlik rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti professor-oʻqituvchilari, adabiyotshunos olimlar, tarixchilar, kinomutaxassislari hamda yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” hujjatli filmi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bilan hamkorlikda “Sintez film” kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan. Ushbu tarixiy hujjatli film Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari boʻyicha yaratildi. “Zahiriddin Muhammad Bobur” filmi “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher oʻgʻli, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Sanʼat Kenjayev, prodyuser Xurshid Alixoʻjayev.
Namoyishdan soʻng film bilan bogʻliq muhokamalar boʻlib oʻtdi. Unda mutaxascislar tomonidan film haqida ijobiy fikrlar bildirilib, filmning yutuq va kamchiliklari haqida muhim taklif va tavsiyalar berishdi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi paytlar Agentlik tomonidan filmlarni keng ommaga namoyish etishdan oldin mutaxassislar bilan fikr almashish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati