Toshkent viloyatida 2022-yilning 6 oyida 136 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar aylanmadan olingan.
“Qora dori-2022” tezkor-profilaktik tadbirlarining birinchi bosqichida tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish bilan bogʻliq 112 ta holat aniqlanib, 1996 metr/kvadrat yer maydonidagi koʻknor, kannabis va yovvoyi nasha kabi giyohvandlik oʻsimliklari yoʻq qilingan.
Ushbu tadbir davomida giyohvandlik vositalarini sotish va saqlash bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etilib, 58 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar aylanmasiga chek qoʻyilgan. Mazkur tadbirlar davomida yilning oʻtgan 6 oyida jami 136 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar muomaladan olingan. Holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
“Shu kabi, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jami 28 ta jinoiy holat aniqlanib, qora bozordagi narxi taxminan 2 milliard soʻmga teng boʻlgan jami 29 ming 289 dona yoki (psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi) dori vositalari muomaladan olinishiga erishilgan”, deya xabar berdi viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati.