“Bugun fond Vasiylik kengashi yigʻilishida «Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuzish haqida qaror qabul qildik», - deb yozadi u Telegramdagi kanalida.
Komil Allamjonovning qayd etishicha, yaqin kunlarda ushbu klubning sayti taqdim etiladi va unda “Zakovat”ga aʼzo boʻlish tartibi, oʻyin qoidalari, tadbirlar jadvali eʼlon qilinadi.
“Barcha bilimli yoshlarni klubga taklif qilamiz!” - deydi Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash boʻyicha komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva ham bu haqdagi yangilikni eʼlon qildi.









