«Zakovat» intellektual o‘yini faol ishtirokchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 12 Oktabr 2021 6229

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yangi avlod vakillariga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mustaqil fikrlaydigan, zukko va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash borasidagi ishlarga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida ahamiyat berilmoqda.

    bugungi kunda Yangi O‘zbekiston yoshlari o‘z kuch va imkoniyatlarini ulkan yutuq va marralarga erishish yo‘lida safarbar etib, Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida yuksak azmu shijoatini yaqqol namoyon etmoqda.

    O‘zining yuqori intellektual salohiyati, iqtidor va izlanuvchanligi, tashabbuskorligi va yetakchiligi bilan yoshlarni chuqur bilim olishga, ilm-fan sirlarini egallashga undab kelayotgani, ular o‘rtasida sog‘lom ilmiy-ma’rifiy raqobat muhitini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda farzandlarimizga alohida o‘rnak va namuna bo‘layotgani, «Zakovat» intellektual klubining qizg‘in va murosasiz bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgani hamda professional bilimdonlar safini kengaytirishga katta hissa qo‘shayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

    Abdullayev Abdurasul Muminovich

    -

    «Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Jumanov Behzod Tursunbayevich

    -

    Gurlan tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Xodjayev Navruz Azamatovich

    -

    Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

    Xodjayev Feruzbek Kaxramon o‘g‘li

    -

    «Ishonch» do‘konlar tarmog‘ining Xiva filiali boshqaruvchisi, Xorazm viloyati

    «Shuhrat» medali bilan

    Matkarimov Azamat Xurmatovich

    -

    Xiva shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Tajiyev Jamoladdin Nurlayevich

    -

    Xiva shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati

    Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich

    -

    Xorazm Ma’mun akademiyasi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

    Toshkent shahri,
    2021 yil 12 oktyabr