“Zakovat” intellektual oʻyinining maktab ligasi tashkil etiladi

    Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming oʻquvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

    “Zakovat” intellektual oʻyinining maktab ligasi tashkil etiladi.

    “Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh oʻqitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari oʻtkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi boʻyicha tuman va viloyat tanlovlari oʻtkaziladi.

    “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.

    150 dan ortiq sunʼiy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

    “Yoshlar turizmi oyligi” oʻtkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.