Turnirning birinchi kunida oʻquvchilarga “Jamoani shakllantirish”, “Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar” yuzasidan seminar trening tashkil etildi hamda poytaxtimizda “Yangi Oʻzbekiston”, “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat uyushtirildi.

Turnirda xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari V.Rajapov, “Zakovat intellektual klubi” NNT direktori A.Abdullayev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi vakillari U. Haydarov, M.Kamildjanov va boshqa tashkilot xodimlari ekspert va kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

Birinchi darajali diplom bilan Toshkent shahrining “Irfon”, ikkinchi darajali diplom bilan Fargʻona viloyatining 1-IDUMI hamda uchinchi darajali diplom bilan Andijon viloyatining “Diplomat” jamoalari taqdirlandi.

Turnirda “Zakovat intellektual klubi” NNT direktori A.Abdullayev ishtirok etib, oʻquvchilarga bu oʻyinning shakllanishi va shu kungacha bosib kelingan yoʻli haqida tushuncha berdi. Shu bilan bir qatorda oʻquvchilar orasida bu turnirni yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Barcha jamoalar vazirlikning qimmatbaho sovgʻalari va diplomlari bilan taqdirlandi.