«Temiryo‘lEkspress» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 11–16 avgust kunlari 752-sonli «Toshkent Yo‘lovchi — Xiva» poezdi Toshkent Yo‘lovchi bekatidan Urganch bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

751-sonli «Xiva — Toshkent Yo‘lovchi» poezdi esa shu kunlarda Urganch bekatidan yo‘lga chiqadi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur davrda Xiva — Urganch yo‘nalishida zamonaviy avtobuslar ham qatnaydi.

Avtobuslar Urganchdan poezdlarga o‘z vaqtida ulgurishni ta’minlash uchun Xiva bekatidan soat 07:10 da jo‘naydi. Shu sababli yo‘lovchilardan soat 07:00 ga qadar Xiva bekatiga yetib kelish so‘ralgan.

Poezdlarning Urganch bekatidan belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida jo‘nab ketishi ta’minlanadi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda mazkur vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish so‘ralgan.