Bundan tashqari, mamlakat yaqinda avj olgan vabo epidemiyasidan qutulayapti.
“Uzoq davom etgan qurg'oqchilik Zambiyaning asosiy ustuvor yo'nalishlari bo'lgan oziq-ovqat va energiya xavfsizligiga ta'sir ko'rsatdi” dedi Prezident ijtimoiy tarmoqlarda.
El-Nino ob-havo hodisasi tufayli uzoq davom etgan qurg'oqchilik Afrikaning janubiy qismida joylashgan mazkur davlatining 116 okrugidan 84 tasiga ta'sir ko'rsatdi. Prezidentning ma'lumotlariga ko'ra, har ikkinchi gektardagi ekinlar namlik yetishmasligidan zarar ko'rgan: qurg'oqchilik 2,2 million gektar makkajo'xori ekinining qariyb bir million gektariga zarar yetkazdi.
Mamlakatda deyarli 430 megavatt quvvat taqchilligi yuzaga kelishi kutilmoqda, bu esa dekabr oyiga kelib 520 megavattga yetishi mumkin, chunki gidroelektroenergiyaning asosiy manbai Kariba to'g'onida suv sathi pasayadi, deb xabar beradi mir24.tv.