«Zamin» fondi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroatxon Mirziyoeva nomidan soxta  akkauntlar ochilib, xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida yolg'on axborotlar tarqatilmoqda.

    "Mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi «feyk» ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz.

    «Zamin» fondi loyihalari haqida uning veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo'lishingiz mumkin", — deyiladi rasmiy murojaaatda.