Tibbiyot muassasalarida oʻtkazilayotgan skriningni monitoring va tahlil qilish uchun loyiha doirasida onlayn tizim ishga tushirildi. 

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar shahardagi 4 ta bolalar shifoxonasida va barcha 15 ta tugʻruq markazlarida eshitish qobiliyatining skrining tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan apparatlar oʻrnatildi.

Ushbu loyiha 1 yillik sinov muddatidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng respublikamizdagi barcha tugʻruq markazlariga tadbiq qilinadi.

“Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva loyihaning dastlabki natijalari bilan tanishdi, tugʻruq markazlari shifokorlari va yangi tugʻilgan chaqaloqlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi, ularga eng ezgu tilaklarni bildirdi.