1 iyun` — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan ko'zgazmada jajji rassomlar o'zlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.
Tadbir doirasida “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi o'quvchilari va Toshkent shahar, YUnusobod tumanida joylashgan 304-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi.
Ko'rgazma 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining O'zbekistonda o'tkaziladigan sammiti oldidan hamda Xitoyning Uxan` shahrida bo'lib o'tadigan Xalqaro bolalar rasmlari ko'rgazmasida ham ekspozitsiya qilinadi.
Mazkur tadbir tasviriy va amaliy san'at sohasi ijodiy yo'nalishida maktabgacha ta'lim muassasalaridan hamda umumta'lim maktablaridan keyingi ta'limni tashkil etishda va samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi.
O'zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi
markazi matbuot xizmati