Psixologik-pedagogik, pedagogik reabilitatsiya va ijtimoillashuv singari muhim va dolzarb masalalar muhokama qilingan anjumanda Rossiya, Qozog'iston va Qirg'iziston Respublikalari maktabgacha ta'lim tizimining yetakchi mutaxassislari va sohaning ko'zga ko'ringan olimlari o'zaro fikr almashdilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga COVID-19 sharoitida ta'lim-tarbiya berish, raqamli transformatsiya muammolari, zamonaviy logopedik yordam muammolari singari masalalar kun tartibining markazida bo'ldi.
Anjuman ishtirokchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Lola Mo'minovaning imkoniyati cheklangan bolalarga psixologik yordam ko'rsatish va shu yo'nalishda yangi kadrlarni tayyorlash borasidaga yangicha qarashlari konferensiyaning dolzarb va ishchan kayfiyatla o'tishiga xizmat qildi.
Rossiyadagi Gertsen nomli pedagogika universitetining
Toshkent filiali matbuot xizmati