Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Alpomish Merosi” MCHJ tomonidan Xitoyning ”ZHONGTONG BUS Company LIMITED” korxonasi bilan 70 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish boʻyicha 4,375 mln dollarlik shartnoma imzolangan edi. 

Shartnomaga muvofiq  ushbu avtobuslar bosqichma-bosqich ravishda mamlakatimizga olib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 14-avgust kuni 20 dona, 25-sentyabr kuni 14 dona, 27-sentyabr kuni esa 10 ta ZHU YONGHU avtobuslari respublikamizga olib kelindi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.