SHuhrat SODIQOV,

O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri:

— Yig'ilishda yakuniy manzilga etkazish tizimini tumanlarda tajribadan o'tkazib, kelgusi yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo'yicha joriy etish vazifasi belgilandi. Buning uchun jo'natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish kerakligi ta'kidlandi.  Pochta tarmog'ini texnik-komunikatsion yo'nalishda tashkil etish masalasi ko'rildi. Masalan, hozirgi kunda elektron savdo rivojlanmoqda. Internet orqali sotib olingan tovarni egasiga etkazib berishga doim talab bor. SHundan kelib chiqqan holda, jo'natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirishga e'tibor qaratildi.

Ikkinchi yo'nalishda tarmoqning moddiy-texnik bazasini tashkil etish, eng asosiysi bank tizimi va elektron tijorat yo'nalishida mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlarni o'qitish zarurligi qayd etildi.

Imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo'natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga etkazib berishni yo'lga qo'yish odamlarning og'irini engil qilish, tizimda ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda kutilgan samarani beradi.