Anjumanda mahalliy va xorijiy 30 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarining 250 dan ortiq talabasi ishtirok etib, zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolarini muhokama qilyapti.
Ilmiy muhokamalar chog'ida yosh tadqiqotchilar o'zaro fikr almashib, mavzu doirasida muayyan kelishuvga erishmoqda. Mazkur anjuman yosh olimlarning tibbiyotga oid bilimini mustahkamlash va amaliyotga joriy etish ko'nikmasini shakllantiradi, deyiladi akademiya axborot xizmati xabarida.