Seminarning asosiy maqsadi, keyingi yillarda xorijiy tillarni oʻqitishda uchraydigan muammolarni bartaraf qilish va erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashishdan iborat.
Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq davlat pedagogika institutidan professor-oʻqituvchilar tarkibi ishtirok etdi.
Seminar amaliy va nazariy qismdan iborat boʻldi. Amaliy qismda bilim yurtida tahsil olayotgan kursantlar tarkibi bilan til oʻrgatishning ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda mahorat darslari tashkillashtirildi. Nazariy qismida esa barcha oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan trening-mashgʻulotlar tashkillashtirildi va koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Seminar davomida oʻqituvchilar til oʻqitishda istiqbolda tashkil etilishi lozim boʻlgan tadbir rejalari haqida kelishib oldilar, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.