Posangiga bilimlarini qoʻyadigan, isteʼdodi, kuch-gʻayrati natijalarini yaqqol koʻradigan vaqt. Ayni shu kezda koʻplab zamonaviy oliygohlar, kasb-hunar maktablari va texnikumlar bitiruvchilarni oʻz bagʻriga chorlamoqda. Bugun yurtimizda talaba boʻlish istagidagilar taʼlimni davom ettirib, yetuk mutaxassis boʻlib yetishib chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan koʻplab ziyo maskanlari faoliyat yuritmoqda.
Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali 2024/2025 – oʻquv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi.
Universitetda taʼlimning bakalavriat bosqichi uchun iqtisodiyot hamda fundamental informatika va axborot texnologiyalari, magistratura bosqichi uchun esa yurisprudensiya, iqtisodiyot, sharqshunoslik yoʻnalishlari mavjud. Hujjatlar joriy yil 21-iyungacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi 16 uy.
Batafsil maʼlumot uchun: +998 97 735 48 05, +998 99 573 49 83 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Unutmang, talaba boʻlish, oliy maʼlumot egallash har bir insonga jamiyatda mavqega ega boʻlish imkonini berish barobarida inson kapitalini samarali yoʻnaltirishga xizmat qiladi.