Zangiota tumanidagi gilam doʻkonida yongʻin kelib chiqdi

    Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod koʻchasida joylashgan gilam doʻkonida yongin sodir boʻldi.

    Bu haqdagi xabar Toshkent shaxar FVBga, kelib tushgach, 7 ta yongin-qutqaruv ekipaji yongin joyiga yetib bordi. Vaziyat toʻliq nazoratga olinib yongʻin bartaraf etildi.

    "Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 10:09 da qurshab olingan va soat 10:38 da bartaraf etildi. Tan-jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.", - deyiladi xabarda.