Xoʻsh, bu borada yurtimizda vaziyat qanday? Xususan, Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida ayni paytda qancha bemor bola va homilador ayol davolanmoqda? SSV Matbuot xizmatining ushbu savollariga shifoxona direktori oʻrinbosari Hilola ALIMOVA javob berdi.

— Bugungi kunda shifoxonamizda 7 nafar chaqaloq, 18 yoshgacha boʻlgan 97 nafar bola davolanmoqda, — deydi H. Alimova. — Jonlantirish boʻlimlarida 2 nafar bemor bola shifokor va hamshiralarning nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.

Shuningdek, bemorlar orasida 64 nafar homilador ayol ham boʻlib, ayni kunda ularning 3 nafari reanimatsiya boʻlimida davolanyapti. Eʼtiborlisi, joriy yil boshidan buyon shifoxonamizda 422 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil 15-oktyabr holatiga koʻra, ushbu muassasada yil boshidan buyon tugʻilgan chaqaloqlar soni 377 nafarni tashkil qilgan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.