Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tuman masʼullari bilan mazkur loyihalarni shakllantirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Maqsad – aholiga qulay sharoit yaratish, tumanni iqtisodiy va ijtimoiy hayotini rivojlantirishni taʼminlash boʻlib, bundan tashqari, koʻplab ish oʻrinlari yaratilishiga zamin hozirlanmoqda.

Shuningdek, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bilan bogʻliq talablar oʻrnatilishi belgilandi.