"Zapravka"da turgan avtomobil portlab ketdi

    Avtomashinaga gaz quyish vaqtida unga o'rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro'y bergan.

    Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchalarining birida avtomobilga o'rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro'y berdi.

    FVVning ma'lum qilinishicha, 9 iyun kuni soat 09:55 da Toshkent viloyati Parkent tumanida "metan zapravka" Nexia avtomashinasiga gaz quyish vaqtida unga o'rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro'y bergan. Natijada Nexia avtomobili va uning yaqinida bo'lgan 2 ta Damas rusumli avtomashinalarga turli darajada zarar yetgan.

    Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q.