Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YUNESKO Jahon merosi qo'mitasining 45-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

Sessiya davomida Buyuk Ipak yo'lining Zarafshon — Qoraqum koridori Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritildi. 

Umumhajon merosi ro'yxatiga kiritilgan “Ipak yo'li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta obektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi O'zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

Turli davrlardagi barcha obektlar tarixdagi eng muhim savdo yo'llaridan biri — Ipak yo'lida joylashgan bo'lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.

O'zbekiston “Buyuk ipak yo'lining Zarafshon – Qoraqum koridori” nominatsiyasini taqdim etish bo'yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi.