Zarafshon daryo havzasidagi muzliklar har yili 1.3 kvadrat kilometgacha qisqarmoqda

    Yashil sayyora 21 Mart 2023 1827

    Zarafshon daryo havzasidagi vaziyat boshqa daryo havzalaridagi vaziyatdan ko'ra xavotirliroq. 

    Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisi Bahodir SHeralizodaga ko'ra, O'rta Osiyo daryo havzalarida muzliklar erishi bilan bog'liq eng yuqori xavf Zarafshon daryosida.

    "Zerafshon" meteorologik kuzatuv stantsiya ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, Zarafshon daryo havzasidagi vaziyat boshqa daryo havzalaridagi vaziyatdan ko'ra xavotirliroq.

    Tojikistonda muzliklar maydoni 8476 kv km bo'lib, mamlakatning 6% qismini egallaydi. Zerafshon muzligi maydoni 132.6 kv km. U 4000 metrdan 5200 metrgacha balandlikda joylashgan.

    Eng optimistik prognozlarga ko'ra, muzliklarning shiddat bilan erishi tufayli, 2050 yilga borib, Amudaryo yillik oqimining 15 % ini yo'qotadi. Zarafshon daryosida esa bu ko'rsatkich undan ham yuqori.