баннер
23 Mar 2025
17:07

    Zarafshon daryosida noqonuniy qum-shagʻal qazilishi oqibatida tabiatga 100 mlrdan ziyod zarar yetkazilgan

    Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi boʻyida noqonuniy qum-shagʻal qazilishining oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Viloyati Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi boʻyidan oxirgi 6 oy davomida noqonuniy qum-shagʻal qazilish holatlarining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarida 8 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

    Ushbu huquqbuzarlar tomonidan esa, tabiiy obʼyektlarga jami 105 milliard 521 million 903 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻlgan.

    Hozirda mazkur huquqbuzarliklar uchun qonuniy chora koʻrish maqsadida, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech