"Zarafshonʼʼ milliy tabiat bog'i hududida yong'in sodir bo'ldi

    29-iyun kuni soat 13:15 da Jomboy tumani “Zarafshon” MFYda joylashgan “Zarafshon” Milliy tabiat bogʻiga qarashli oʻrmonda yongʻin sodir boʻlgan.

    Bu haqida tuman FV boʻlimiga xabar kelib tushgan.

    Yongʻin joyiga YOQElari soat 13:27 da yetib borib, soat 14:40 da qurshab olgan va yongʻin soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yongʻinni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

    Yongʻinni sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqaramasi oʻz navbatida aholidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishni soʻrab qoladi.