Hozirgi kunda viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab yuqori ekanligi, ayniqsa, ushbu masala Navoiy va Zarafshon shaharlarida o‘ta dolzarbligi qayd etildi.
Shundan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishdagi rejalar ma’lum qilindi. Ta’kidlanganidek, Navoiy shahrida yangi massiv tashkil etilib, 4 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy ob’ektlar barpo etiladi.
Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qo‘shimcha 30 ming aholi yashashi uchun zamonaviy infratuzilmaga ega “Sanoatchilar shaharchasi” quriladi.
Shuningdek, boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi.