Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Viloyat hokimining qarori bilan Toshpoʻlatov Bekzod Turgʻunovichni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi.

    Shu yilning 17-yanvar kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

    Sessiyada viloyat hokimining Toshpoʻlatov Bekzod Turgʻunovichni Zardor tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

    Maʼlumot uchun: 2024-yilning 28-dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan edi.