Zarbdorda ota-onasidan erta ayrilgan yoshga uy berildi

    Zarbdor tumanida bir nafar yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan yoshga barcha sharoitlariga ega uy-joylarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

    Tadbirda tuman hokimi Zafar Roʻziyev, tuman prokurori Ravshan Masharipov, tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri Lochinbek Ummatov, tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Toʻlqin Qodirov 2-sektor hududidagi “Yangiobod” mahallasi raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi keng jamoatchilik vakillari, mahalla oqsoqollari ishtirok etib, yoshlarga yangi uylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdilar.

    Tadbirda soʻz olganlar, yangi xonadon sohiblarini quvonchli kun bilan samimiy tabriklashib, bugungi kunda mehrga muhtoj boʻlgan farzandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida tumanda davomiy ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdilar hamda duoga qoʻl ochib ularga kelgusi ishlarida rivoj tiladi.