Minglab ish oʻrinlari yaratadigan, eksport qiladigan korxonalar qoʻllab-quvvatlanadi

    Zarbdordagi “Zarbdor tekstil” korxonasida 800 kishi ishlaydi. Turkiyalik investor bu yerda yana 1 ming oʻrinli quvvatlarni ishga tushirish va eksportni 50 million dollardan oshirishni moʻljallagan.

    Davlatimiz rahbari bunday minglab ish oʻrinlari yaratadigan, eksport qiladigan korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

    Mutasaddilarga eksport hajmi 50 million dollardan oshgan korxonalarga aylanma uchun 10 million dollargacha resurs ajratishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berildi.