Qayd etilishicha, “Toshkent Xalqaro Aeroporti“da Istanbul-Toshkent reysi bilan uchib kelgan yoʻlovchi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, unga tegishli boʻlgan yoʻl sumkasi ichidan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish meʼyoridan ortiqcha boʻlgan, taxminiy hisob-kitoblarga koʻra qiymati 170mln soʻmlik, 130 gramm tilla zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar 2025-yilning 20-iyul sanasidan shaxsiy ehtiyoj uchun moʻljallangan zargarlik buyumlarini notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari doirasida olib kirishlari mumkin.

Mazkur norma havo transportida 1000 dollar etib belgilangan.