Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi 31 yoshli N.B. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, N.B. J.V. bilan internet tarmogʻida tanishib, zargarlik mahsulotlari sotishini hamda yetkazib berish xizmati mavjudligini aytib uni aldab, oldindan 5.000.000 soʻm miqdoridagi pulni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, N.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.