Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 29-noyabr kuni aholiga tabiiy gazni koʻproq yetkazib berish maqsadida Oʻzbekiston tumani, Shoʻrsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.
Joriy yilning 6-dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni notoʻgʻri talqin qilib, oʻzboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudi 07.12.2022-yil kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.