Shaxmat bo‘yicha grossmeyster Daniyel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaning rapid yo‘nalishida Sindarov 7 partiyadan 6 ochko jamg‘ardi. Tay-breykda Hindiston vakili Aravind Chitambaramni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U blits bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 9 partiyada 7,5 ochko to‘pladi va turnir g‘olibi bo‘ldi.

Shu tariqa, Javohir Sindarov Daniyel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan turnirning har ikki yo‘nalishida ham chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shaxmatchi ikki yo‘nalishdagi g‘alabalari uchun jami 9 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puliga sazovor bo‘ldi. Bunda blits turniridagi chempionlik uchun unga 6 ming AQSh dollari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanishiga 74 kun qolmoqda.