Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.A. fuqaro G.M.ga Zarbdor tumani, “Lalmikor” MFY hududidan oʻzining yashash uyining toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan egallab olgan 20 sotix zaxiradagi yer maydonini 80 mln soʻmga sotishini aytib, oldindan 10 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.