Osiyo chempionatining pleyy-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vetnam, Xitoy, Avstriya vakillari, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi, janubiy koreyalik Jisu Yunni magʻlubiyatga uchratdi.
Bu qoraqalpogʻistonlik sportchimizning kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida qoʻlga kiritgan birinchi oltin medali hisoblanadi.