Bu haqida Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda harakat vaqtincha cheklanadi:

  • Chilonzor–Choponota koʻchalari chorrahasidan Choponota koʻchasi boʻylab Qatortol–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
  • XAY–Chilonzor koʻchalari chorrahasidan Chilonzor koʻchasi boʻylab Chilonzor–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
  • XAY–Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yoʻli boʻylab Bunyodkor–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
  • Nurafshon–Sebzor koʻchalari chorrahasidan Sebzor koʻchasi boʻylab Islom Karimov–Bunyodkor koʻchalari chorrahasigacha;
  • Islom Karimov–Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan Bunyodkor koʻchasi boʻylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol koʻchalari chorrahasigacha.

Haydovchilardan oldindan muqobil yoʻnalishlarni rejalashtirish soʻraldi.

Shuningdek, mutasaddilar fuqarolarni milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlashga chaqirib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻradi.