Barqaror rivojlanish va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalarida BMT Taraqqiyot dasturi bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimiz uchun 2030-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan yangi dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Sheriklik ijobiy surʼatda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oxirgi besh yilda umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod boʻlgan 100 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi, hamkorlikning umumiy hajmi esa 550 million dollardan oshdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar “yashil” transformatsiya, iqlim moliyasi mablagʻlarini jalb qilish, Orolboʻyi boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish hamda iqlim oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladigan yoʻqotishlar va zararni baholash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishlarida hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.