Cho‘lponota shahridagi “Issiqko‘l” xalqaro aeroportida ularni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun yetakchilar muzokara davomida O‘zbekiston – Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladilar.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.