Suhbat avvalida Rustam Minnixanov davlatimiz rahbarini tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va Oʻzbekiston xalqi ravnaqi yoʻlidagi serqirra mehnatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Mamlakatimiz hududlarining Tatariston Respublikasi bilan hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.