Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.