Davlatimiz rahbarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili samimiy qarshi oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushildi. Ayni paytda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.