Mazkur guruhda dastlab Shimoliy Koreya ishtirok etishi kerak edi. Biroq jamoa musobaqada qatnashishdan bosh tortgani sababli D guruhida faqat 3 ta terma jamoa — Oʻzbekiston, Avstraliya va Hindiston qolgan edi.
1-turda Avstraliya Hindiston darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi. Ikkinchi turda esa amaldagi chempion Oʻzbekiston ham hindlarni ishonchli tarzda magʻlub etdi.
Natijada Oʻzbekiston va Avstraliya muddatidan avval chorak final yoʻllanmasini rasmiylashtirdi.
Shu bilan birga, har ikki terma jamoa Qatarda boʻlib oʻtadigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida, 13 may kuni guruh bosqichining soʻnggi turida Oʻzbekiston va Avstraliya oʻzaro maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvda guruh gʻolibi aniqlanadi.