Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Bojxona xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yangi inshoot yuklarni koʻzdan kechirish va bojxona nazorati jarayonlarini samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shuningdek, postning infratuzilma salohiyatini oshirish hamda davlat chegarasi orqali harakatlanadigan yuklar ustidan nazoratni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Loyiha Tojikiston Bojxona xizmati va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, postda zamonaviy rentgen nazorati uskunalari oʻrnatilgan boʻlib, ular orqali tovarlar va transport vositalarini tekshirish jarayonlari tezlashtirilmoqda. Bu esa qonuniy xalqaro savdo harakatini yengillashtirish bilan birga, kontrabanda va taqiqlangan mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir ishtirokchilari “Fotehobod” bojxona posti mintaqadagi muhim chegara oʻtkazish nuqtalaridan biri ekanini taʼkidlab, bunday loyihalar bojxona infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga hissa qoʻshishini qayd etdi.