13-may kuni bo‘lib o‘tgan bahsda Sergey Chigotaev boshqaruvidagi jamoa Avstraliya U-17 termasini 2:0 hisobida yengdi.
Hisob 28-daqiqada ochildi. Suhrob Sadirjanovning uzatmasidan so‘ng Mirkomil Murodov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida esa Sadirjanov ikkinchi golli uzatmani amalga oshirdi. Bu safar Ahrorbek Ravshanov gol muallifi bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 6 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi.
Endi o‘zbekistonlik o‘smirlar chorak finalda Janubiy Koreya U-17 termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 16-may kuni bo‘lib o‘tadi.