Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq Oʻzbekiston terma jamoasi tashabbusni oʻz qoʻliga oldi. Biroq hisob faqat 29-daqiqada ochildi. Darvoza oldidagi vaziyatdan unumli foydalangan Ulugʻbek Maratov jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan besh daqiqa oʻtib, Quvonchbek Abraev jarima zarbasini mahorat bilan ijro etib, hisobdagi farqni oshirdi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
Tanaffusdan keyin ham oʻzbek futbolchilari raqibga bosimni kuchaytirishda davom etdi. 67-daqiqada Shoraxim Shoraxmedovning aniq zarbasi Hindiston darvozabonini yana bir bor magʻlub etdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga yaqin Nurbek Sersenbaev ham oʻz nomini toʻpurarlар roʻyxatiga yozdirdi va bahsdagi soʻnggi nuqtani qoʻydi — 4:0.
Shu tariqa, Oʻzbekiston U20 terma jamoasi ikki uchrashuvdan soʻng 6 ochko bilan B guruhida birinchi oʻrinni egallab turibdi. Guruhdagi hal qiluvchi bahsda Oʻzbekiston yakshanba kuni Suriyaga qarshi maydonga tushadi.