Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:
– 2026-2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan maslahatlashuvlar dasturi;
– 2005-yil 19-yanvardagi “Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida”gi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
– Belarus Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish toʻgʻrisida bitim;
– Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– 2026-2028-yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
– Oʻzaro sayyohlar oqimni koʻpaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma harakatlar rejasi;
– 2026-2028-yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarusning “Bellegprom” davlat konserni oʻrtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi oʻrtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida moliyaviy masalalar boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti oʻrtasida Oʻzbekiston – Belarus ekspertlar kengashini taʼsis etish toʻgʻrisida memorandum;
– Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi oʻrtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ahdlashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi.
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamgʻarmasi oʻrtasida ham memorandum imzolandi.